“Real”:  Pul katta bo‘lsa, yulduzimiz Manchesterga boradi

  • 18 avgust, 2022, 12:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” rahbariyati tarkibni kuchaytirish maqsadida “Real” yarim himoyachisi Karlos Kazemironi transfer qilmoqchi bo‘layotgani haqida xabarlar tarqatilgan edi.

Tecno

Manchesterlik skautlar Madridda mana shu transfer bo‘yicha muzokaraga kirishgan.

Ma’lumotlarga qaraganda, “Real” agar angliyaliklar mo‘may pul taklif qiladigan bo‘lsa, braziliyalik futbolchini ushlab o‘tirmasligini bildirganini ta’kidlamoqda. O‘z navbatida, manchesterliklar Madriddan ketishni istamayotgan futbolchini katta maosh bilan fikrini o‘zgartirishi mumkin.

Kazemiro faoliyati davomida klublar miqyosida 458 ta uchrashuvda 42 ta gol urgan va 40 marta jamoadoshlariga golli pas uzatgan.

30 yoshli o‘yinchining trasnferi 40 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!